
Yosh lider
Umumiy reytingda
Umumiy reyting
Sahifa ko'rishlari
Abdullajonova Mushtariy Shokirjon qizi 2008-yil 24-martda tug‘ilgan. Toshkent viloyati, Olmaliq shahrida yashovchi Mushtariy, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 1-bosqich talabasi sifatida jahonga iqtisodiyotni o‘rganish maqsadida tahsil olmokda. Uning maqsadlari, qobiliyatlari, hayotiy prinsip va qiziqishlari hayotini belgilovchi muhim omillar bo‘lib, u kelajakda muvaffaqiyatli diplomat bo‘lishni orzu qiladi.
Mushtariy bolalikdan o‘qishga qiziquvchan bo‘ldi. U o‘zining onasi va otasidan katta mehri, ishonchi va qo‘llab-quvvatlashini his etgan. Ushbu muhitda o‘sish Mushtariyning shaxs sifatida shakllanishiga zamin yaratdi. Har doim o‘ziga maqsadlar qo‘yib, ularga erishishga intildi, bu esa uning tutgan yo‘lidagi yuksalishining asosiy poydevori bo‘ldi. Ota-onasi uning ilm olish va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlarni yaratdilar, bu esa uning ta'limda muvaffaqiyatli bo‘lishiga hissa qo‘shdi.
Mushtariy o‘qish jarayonida bir qator fanlardan a’lo baholarga ega bo‘ldi. Ayniqsa, matematika va ingliz tili fanlarini mukammal o‘zlashtirdi. Maktabda o‘qiyotganda, u yuqori ballar olish uchun mehnat qildi va o‘z bilimini matematikadan milliy sertifikat bilan ta’qdirlandi. Shuningdek, ingliz tilida xalqaro IELTS sertifikatini olish, uning chet tillariga bo‘lgan qiziqishini o‘stirishga yordam berdi. Ushbu sertifikatlar u ta'lim yo‘nalishini tanlaganida muhim rol o‘ynadi.
Hozirda Mushtariy Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida jahonga iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar ta’lim yo‘nalishida tahsil olmoqda. U universitetda ta'lim jarayonida faol ishtirok etmoqda va o‘z bilimlarini yanada mustahkamlashga intilmoqda. Akademik faoliyati davomida Mushtariy turli kurslar va seminarlar orqali o‘z sohasini chuqur o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lmokda.
Mushtariyning kelajak maqsadlari nafaqat iqtisodiyot sohasida, balki xalqaro diplomatiya sohasida ham yangi imkoniyatlarga erishishdir. U mualliflik va taqdimot qobiliyatlarini rivojlantirish, til bilish darajasini oshirish, jahon iqtisodiyotida faol ishtirok etish orzusi bor. Mushtariy kelgusida xalqaro konferensiyalarda qatnashishni va o‘z familiyasini ijobiy tomondan ommaga tanitishni rejalashtirmoqda.
U bo‘sh vaqtini turli badiiy kitoblarni o‘qish bilan o‘tkazadi. Mushtariy o‘ziga deyarli har doim qiyinchiliklarni engib o‘tishga va yangi bilimlarni o‘zlashtirishga harakat qiladi. U odamlar bilan oson muloqot qila oladi va har bir ishga jiddiy qaraydi. Ijodiy fikrlash qobiliyati va muammoni hal qilishda mas’uliyat olish uning liderlik sifatlarini shakllantiradi.
Mushtariyning hayotiy shiori – "O‘zinga ishongan kuning hayoting o‘zgarishni boshlaydi." Uning fikricha, har bir kishi o‘z maqsadlariga erishish uchun intilishi va ushbu yo‘nalishda harakat qilishi lozim. U yoshlarni ham doimo yaxshi niyatga chorlab, o‘z orzulari sari harakat qilishlarini ta'kidlaydi.
Mushtariy o‘z hayotida doimiy o‘sishni va rivojlanishni maqsad qiladi. U kelajakda kuchli diplomat bo‘lish, xalqaro tadbir va konferensiyalarda ishtirok etish, yangi bilimlar o‘rganish orqali nafaqat o‘zini, balki jamiyatini ham rivojlantirishni niyat qilmoqda. Mushtariy bugungi kunidan kelajak maqsadlarigacha yetishish yo‘lida harakat qilishda davom etib, o‘z bilimlarini va qobiliyatlarini oshirishga intilmoqda.
Nomzod oylik yangilanish orqali ma'lumot yuborganidan va tahririyat tasdiqlaganidan so'ng bu yerda ko'rinadi.