Kirish
Ergashev Botir Xurram o‘g‘li 1997-yil 14-iyulda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. U bugungi kunda Toshkent shahrida yashaydi va o‘z ta'limini oqlab, faol va samarali hayot kechirmoqda.

Yosh lider
Umumiy reytingda
Umumiy reyting
Sahifa ko'rishlari
Ergashev Botir Xurram o‘g‘li 1997-yil 14-iyulda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. U bugungi kunda Toshkent shahrida yashaydi va o‘z ta'limini oqlab, faol va samarali hayot kechirmoqda.
Ergashev Botir Xurram o‘g‘li Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. Uning bolaligi oddiy sharoitlarda o‘tgan. Ota-onasi o‘z farzandlariga ilm va tarbiya berishga katta e'tibor qaratgan. U bolalikdan kitoblarga qiziqib, asosan ilm olishga intilib yashagan. Bu esa uning kelajakda qiziqishi va erishmoqchi bo‘lgan maqsadlariga yo‘l oldi.
Botir ta'limini Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida davom ettirgan. U bakalavr bosqichida o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisi, pedagog yo‘nalishida tahsil oldi. Ushbu universitetdan keyin, Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalari universitetida magistraturani tamomladi, u yerda iqtisodchi, loyiha boshqaruvchi menejer va tadqiqotchi yo‘nalishlarini o‘rganib, o‘z malakasini oshirdi. Hozirda doktoranturaga kirishga tayyorgarlik ko‘rayapti.
Botirning kasb tanlashidagi asosiy omil o‘zining qiziqishlari va shaxsiy hayot tajribalari bo‘ldi. Onasi va otasining ta'siri, shuningdek, uylik muhit, o‘qish va ta'limga qiziqishi uning kelajakda o‘qituvchi va iqtisodchi bo‘lish niyatida muhim rol o‘ynadi.
Botir o‘z mehnat faoliyatini 2018–2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasida bir yillik muddatli harbiy xizmatni o‘tash bilan boshlagan. 2019–2021-yillarda Yakkabog‘ tumanidagi “Avtomahorat” mas’uliyati cheklangan jamiyatida iqtisodchi yordamchisi sifatida faoliyat yuritib, kasbiy bilim va amaliy tajribasini oshirgan. 2023–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasiga qarashli Yakkabog‘ tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida ijtimoiy xodim sifatida ishlagan. 2025-yildan 2026-yil sentabr oyigacha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoshlar masalalari bo‘yicha bo‘limida tyutor sifatida faoliyat olib borgan. Botir o‘zining mas’uliyatliligi, tashabbuskorligi va doimiy rivojlanishga intilishi bilan ajralib turadi.
Botirning hayotida ota-onasining maslahatlari va qo‘llab-quvvatlashi muhim o‘rin tutadi. Ularning hayotiy o‘gitlari uning dunyoqarashi shakllanishiga, insonlar bilan samimiy va mustahkam munosabatlar o‘rnatishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Mehnat faoliyati davomida turli tashkilotlarda ishlab, tajribali ustozlar va yaqin do‘stlar orttirdi, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab, o‘z salohiyatini yanada oshirdi. Hayotda duch kelgan qiyinchiliklari esa uni yanada sabrli, mas’uliyatli va qat’iyatli bo‘lishga undadi. Botir yoshlarning doimo o‘z ustida ishlashi, zararli ta’sirlardan yiroq bo‘lishi va maqsadlari sari ishonch bilan intilishi muhim deb hisoblaydi.
Ergashev bo‘sh vaqtida futbol va yugurish bilan shug‘ullanadi, shuningdek shaxmat o‘ynaydi. U ommaviy axborot vositalaridagi maqolalarni o‘qiydi va kitobni sevadigan shaxsdir. U kechki paytda musiqa eshitishda, mashinada sayr qilishni ham yoqtiradi. Ushbu qiziqishlari unga stressni kamaytirish va yangidan kuch to‘plashda yordam beradi.
Liderlik kabi fazilatlarni rivojlantirish uchun Botir adolatlilik, o‘ziga ishonch, dadillik, sog‘lom raqobatbardoshlik va halollikni muhim deb biladi. Uning kelajakdagi maqsadi kambag‘al va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, ishsiz yoshlar sonini kamaytirish va o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishdir. U o‘zi bilim va tajribalarini boshqalarga o‘rgatishga tayyor.
Ergashev Botir Xurram o‘g‘li o‘z kelajakda iqtisod sohasidagi bilimlarini yanada tadqiq qilishni, hamda yoshlarni ijtimoiy faolligini oshirib, muammolarini hal etishda yordam berishni rejalashtirmoqda. U o‘zining hayotiy prinsiplarini amalda qo‘llashga harakat qilib, boshqalar ham uni ko‘rishini va eslatishini maqsad qiladi.
Nomzod oylik yangilanish orqali ma'lumot yuborganidan va tahririyat tasdiqlaganidan so'ng bu yerda ko'rinadi.