Jaloliddin 2009-2020-yillar Norin tumani MMTBga qarashli 1-maktabda 11 yil davomida tahsil olgan.Uning ilmga bo‘lgan qiziqishi va ta’lim yo‘lidagi ilk muvaffaqiyatlarida maktab davridagi ustozlari Asilaxon va Yulduzxon ustozlar hamda Xoldarali domlaning o‘rni katta bo‘lgan. 2020-yilda Namangan davlat universitetining bakalavriat bosqichiga grand asosida 1-o'rinda eng yuqori ballni yig 'ib qabul qilingan. Abituriyentlik va universitet davrida esa Abduqodir Toshpo‘latov ustozning bilim va tavsiyalari uning ilmiy salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etgan. Universitetdagi tahsili davomida Jaloliddin Shavkatjon Jumaxanov, Soliyev Iqboljon va Mirzahmedov Ismoiljon kabi ustozlardan ta’lim olib, geografiya sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada mustahkamlagan. Ularning ilmiy va amaliy ko‘rsatmalari uning ilmiy izlanishlarga kirishishi, tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirishi hamda sohada muhim qadamlar tashlashiga zamin yaratgan. 2024-yilda bakalavriat bosqichini a'lo baholarga tamomlab u shu yili imtiyozli grand asosida magistratura bosqichida tahsil olishni davom ettirib, o‘z bilimlarini yanada chuqurlashtirish, ilmiy tadqiqotlar olib borish va kelajakdagi pedagogik faoliyati uchun mustahkam asos yaratishga intilgan. 2026-yilga kelib Magistratura bosqichini tamomlab, Ilmiy faoliyatni Meteorologiya, Iqlimshunoslik va Agrometeorologiya yo'nalishiga tayanch doktoranturaga hujjat topshirib, davom ettirishgga intilib kelmoqda.