Kirish
Jo'ramahmudova Musharrafxon G'ayratjon qizi 2008-yil 7-noyabrda Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanida tug‘ilgan. Hozirda Qo‘qon davlat universitetining Pedagogika va psixologiya fakulteti maxsus pedagogika yo‘nalishi 1-kurs talabasi sifatida ta'lim olmoqda. U 6 ta milliy sertifikat sohibasi bo‘lib, ingliz va rus tillarini o‘rganmoqda. Ota-onasining ma'naviy va madaniy tarbiyasi asnosida u doimiy ravishda bilim izlashga intilib, jamoaviy faoliyatlar va loyihalarda o‘zining ajoyib qobiliyatlarini namoyish etmoqda. Musharrafxon ta'lim sohasidagi faoliyatini 2023-yilda Zakovat loyihasi ishtirokchisi sifatida boshlagan va hozirda Yosh kitobxon tanlovlarida ham faol ishtirok etmoqda.
