Kirish
Nurmuxammedova Nilufar Alijon qizi 2003-yil 20-mayda Farg‘ona viloyati Buvayda tumani Ko‘tarma qishlog‘ida tug‘ilgan. U hozirgi kunda Farg‘ona viloyati Buvayda tumani Tog‘liq qishlog‘ida istiqomat qiladi.

Yosh lider
Umumiy reytingda
Umumiy reyting
Sahifa ko'rishlari
Nurmuxammedova Nilufar Alijon qizi 2003-yil 20-mayda Farg‘ona viloyati Buvayda tumani Ko‘tarma qishlog‘ida tug‘ilgan. U hozirgi kunda Farg‘ona viloyati Buvayda tumani Tog‘liq qishlog‘ida istiqomat qiladi.
Uning hayotiga eng katta ta’sir ko‘rsatgan inson — otasi. Otasining hayotiy tajribasi, mehnatsevarligi, mas’uliyati va hayotga bo‘lgan qarashlari uning dunyoqarashi shakllanishida muhim o‘rin tutgan. Nilufar otasi orqali ilm olish, mustaqil fikrlash, qiyinchiliklardan cho‘chimaslik va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari sari intilishni o‘rgatganligini qayd etadi.
U Qo‘qon Davlat Universitetida 2021–2025-yillarda Tarix ta’lim yo‘nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan. 2025-yildan hozirgi kungacha Qo‘qon Davlat Universiteti Magistratura bo‘limining Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (tarix) yo‘nalishi II-bosqich magistranti hisoblanadi. Uning kelajakdagi maqsadi — o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lish va o‘quvchilarining hurmatini qozonishdir.
U 2024–2025-o‘quv yilida «AFSONA EDUCATION» nodavlat ta’lim muassasasida tarix fani o‘qituvchisi bo‘lgan. 2025-yil sentabrdan hozirgi kungacha Buvayda tumani 23-umumta’lim maktabida tarix fani o‘qituvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Nilufar tarix fani bilan shug‘ullanishni shunchaki kasb sifatida emas, balki o‘z dunyoqarashini va fikrlash uslubini shakllantirib kelayotgan maqbul bir soha deb biladi. U tarixga bugunni anglash va kelajakni tasavvur qilish vositasi sifatida qaraydi. Uning shiori — doimo o‘rganish, teran fikrlash va jamiyatga foydali inson bo‘lishdir.
Nilufar zamonaviy tarix va raqamli tarix (Digital History) yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borishni rejalashtirmoqda. U o‘zini o‘quvchilar hurmatiga sazovor bo‘lgan eng yaxshi tarix fani o‘qituvchilardan biri bo‘lishni maqsad qilgan. Har yili «Yil o‘qituvchisi» tanlovlarida ishtirok etishni va g‘olib bo‘lishni hayolidan o‘tkazmoqdadir.
“Yoshlikni faqat kelajak haqida orzu qilish bilan emas, bugunning o‘zida nimadir qilish bilan mazmunli o‘tkazish kerak. Qiziqishlaringizni rivojlantirishdan, turli yo‘nalishlarda o‘zingizni sinashdan va hali o‘zingiz ham bilmagan imkoniyatlaringizni kashf etishdan qo‘rqmang.”
Nilufar o‘rganish, izlanish va yangi yondashuvlarni yaratish jarayonini davom ettirishni rejalashtirmoqda. Uning kasbiy maqsadlari va hayotiy shiori har bir yosh avlod uchun ilhom manbai bo‘lib qoladi.
Nomzod oylik yangilanish orqali ma'lumot yuborganidan va tahririyat tasdiqlaganidan so'ng bu yerda ko'rinadi.