Ma'muraning fikricha, lider bo'lish uchun mas'uliyatini his qilish va qat'iyatlilik muhimdir. U har doim o'z maqsadlariga erishish yo'lida to'siqlarni yengib o'tishga harakat qiladi. U quyidagi shiorni hayotining asosiy qoidasi sifatida qabul qiladi: "Aziz yoshlar, hech qachon orzularingizdan voz kechmang va doimo bilim olishga intiling. Unutmang, bugungi mehnatingiz ertangi muvaffaqiyatingiz poydevoridir!" U o'zida faqat bilim emas, balki boshqa yoshlarni, lider sifatida motivatsiya qilish hususiyatlarini ham rivojlantirishga intilmoqda.