
Liderlar.uz
Filologiya talabasi|"Tafakkurʼʼ kitobxonlik klubi rahbari
Promo kod
Qo'chqorova Marjona Baxodir Qizi taklifi bilan ariza topshiring.
Shu kod bilan ariza →Qo‘chqorova Marjona Baxodir qizi 2007-yil 28-iyunda Jizzax viloyati Baxmal tumanida tug‘ilgan. Hozirda u Jizzax viloyati Jizzax shahrida yashaydi va Jizzax davlat pedagogika universitetining Filologiya fanlari oliy maktabi oʻzbek tili va adabiyoti fakultetining 1- bosqich talabasi. Marjona o‘z hayotida ko‘plab yutuqlarga erishgan boʻlsada, u buni o‘zining qiziqqan sohasidagi bilim bilan bog‘laydi. U, shuningdek, kitob o‘qish va boshlang‘ich ekologik tashabbuslarda ishtirok etish kabi qiziqishlari ortidan jamiyatga xizmat qilish istagi bilan sahnaga chiqadi.
Qo‘chqorova Marjona Baxodir qizi 28-iyun, 2007-yilda Jizzax viloyati Baxmal tumanida tug‘ilgan. U bolalikka qadam qo'ygan davrida ota-onasi uning ta'limi va rivojlanishiga katta ahamiyat berishdi. U 42-umumiy oʻrta taʼlim maktabida tahsil oldi va o‘zining ta'lim olgan hududida ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishdi. Maktabda o‘qish jarayonida, ayniqsa ona tili va ingliz tili fanlarida katta muvaffaqiyatlarga erishdi, ya'ni ona tili fanidan A darajasidagi va ingliz tilidan B2 darajasidagi milliy sertifikatga ega bo‘ldi.
Jizzax davlat pedagogika universitetining Filologiya fanlari oliy maktabining 1-bosqich grant talabasi sifatida Marjona oʻzbek tili va adabiyoti sohasida taʼlim olmoqda. U universitetda o‘qish jarayonida nazariy bilimlarni amaliyotga aylantirish imkoniyatidan foydalanishni xohlaydi. U o‘z kasbiga bo‘lgan e'tiborini, o‘z ilmiy va akademik maqsadlarini amalga oshirishga bag'ishlamoqchi.
Marjona faoliyatini o‘quvchilik davrida boshlagan. U "TAFAKKUR" kitobxonlik klubining rahbari. Ushbu klubni yoshlar orasida kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etgan. Buning ortidan, u Mushoira klubi a'zosi, kitobxon, Zakovat ishtirokchisi va volontyor sifatida ko‘plab ijtimoiy va ekologik faoliyatlarda qatnashgan. Marjona shuningdek, “Ecoseason — Tabiatni asrash o‘z qo‘limizda” ekologik sessiyasida ham faol ishtirok etgani uchun sertifikat bilan taqdirlangan.
Bo‘sh vaqtlarini kitob va sheʼr o‘qish, Zakovat o'yinida qatnashish, futbol o'ynash va musiqa tinglash bilan o'tkazadi. U hayotidagi har bir vaziyatda o'z bilimlarini boshqalar bilan baham ko'rishni maqsad qilgan. Marjonaning fikricha, lider bo'lish uchun har qanday vaziyatda ham harakatdan to‘xtamaslik va doimo o'zi ustida ishlash muhimdir. Uning hayotiy shiori: “Allohga ishonch, qalbda sabr, hayotda harakat!” , shuningdek “Orzularingizdan voz kechmang. Bugungi kichik harakatingiz ertangi katta natijangizning boshlanishidir.” “Qiyinchilik — to‘xtash uchun sabab emas, yanada kuchliroq harakat qilish uchun imkoniyatdirʼʼ.
Marjona kelajakda mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantirish va o'zbek tilini yanada dunyoga mashhur qilishni maqsad qilgan. U o'z sohasining yetuk mutaxassisi bo'lish, ota-onasining ishonchini oqlash va ularning yuzini doimo yorug' qilishni xohlaydi. Marjonaning eng oliy maqsadlaridan yana biri Zulfiya mukofoti sovrindori bo'lishdir.
Qo‘chqorova Marjona Baxodir qizi — yosh avlod ta’limi va jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shishga intilayotgan, bilim va ijodkorlikni qadrlaydigan faol yosh. U o‘z faoliyatida ezgulik, tashabbuskorlik, bilim ulashish va jamiyatga foyda keltirish tamoyillariga amal qiladi. Marjona doimo yangi bilimlarni egallash, o‘z ustida ishlash va rivojlanishga intilib, kelajakda bilimli, muvaffaqiyatli va jamiyat uchun foydali inson bo‘lishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.