
Yosh lider
Reytingdagi o'rni
Umumiy reyting
Sahifa ko'rishlari
Shirinova Shaxina Kaxramonovna 2012-yil 6-mart kuni Buxoro viloyati, Buxoro shahrida tug‘ilgan. U Buxoro viloyati, Buxoro shahrida yashaydi va 14-umumta’lim maktabi o‘quvchisi sifatida faoliyat yuritmoqda. Yosh kitobxon va matematika olimpiadachisi sifatida tanilgan, Shaxina ta’limga bo'lgan qiziqishi va yetakchilikka bo'lgan intilishi bilan ajralib turadi.
Shirinova Shaxina Kaxramonovna maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalangan davridan boshlab, o‘zini intiluvchan va yetakchilikka moyil deb biladi. Tarbiyachilari uni qiziquvchan va o‘zgacha fikrlaydigan bola sifatida ta’riflagan. U boshlang‘ich sinflardanoq maktab tanlovlarida faol qatnashib, faxrli birinchi o‘rinlarni egallagan.
Shaxina 5-sinfda «Yosh kitobxon» tanloviga tayyorlana boshlaganida kitoblarga bo‘lgan haqiqiy muhabbatini kashf etgan. U kitoblarga qiziqish xususiyati bobosi va onasidan o‘tgan deb hisoblaydi. Bobosining shaxsiy kutubxonalaridan bir qismini o‘z kutubxonasiga olib kelgan va bu uning qadrli merosi hisoblanadi.
Shaxina 2023-yilgi «Yosh kitobxon» tanlovining viloyat bosqichida maktab guruhi bilan 1-o‘rinni, 2025-yilda «Yosh mutafakkirlar» tanlovining viloyat bosqichida maktab guruhi bilan yana 1-o‘rinni egallagan. Shuningdek, 2026-yilda «Turon» teatr tanlovining hududiy bosqichida maktab jamoasi bilan 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
U maktabdan tashqari ingliz tili kurslariga qatnashadi. Bo‘sh vaqtida film tomosha qilish, kitob o‘qish va «Qizlar Akademiyasi» platformasida faoliyat yuritish yoqadi. Kitob o‘qish uning dunyoqarashini kengaytirish vositasidir.
Uning hayotiy prinsipi — doimo intilish, izlanish va yuksalish. U inson o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yishi va hech qachon o‘z imkoniyatlari bilan cheklanib qolmasligi kerak, deb hisoblaydi. Uning shiori: «Intil, yuksal va zabt et! Chunki insonning imkoniyatlari uning orzularidan kichik bo‘lmasligi kerak».
Shaxinaning fikricha, lider bo‘lish uchun eng muhim fazilat — tashabbuskorlik va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish qobiliyatidir. U haqiqiy lider boshqalarni ruhlantira olishi, ularning fikrlarini tinglashi va jamoani umumiy maqsad sari birlashtirishi kerak, deb biladi.
Shaxinaning kelajakdagi eng katta maqsadi — bilimli, salohiyatli, mustaqil fikrlaydigan va jamiyatga foydasi tegadigan inson bo‘lish. U nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olib, xorijiy tillarni o‘rganishni maqsad qilgan.
Shaxina Shirinova o'zining ilgari surayotgan maqsadlari va erishgan yutuqlari orqali kelajakda jamiyatga ijobiy hissa qo'shishga tayyor. O'zida mavjud bo'lgan bilim va yetakchilik sifatlarini yanada rivojlantirishdan umidvor bo'lib, u boshqalarga ham ilhom berishda davom etadi.
Nomzod oylik yangilanish orqali ma'lumot yuborganidan va tahririyat tasdiqlaganidan so'ng bu yerda ko'rinadi.