Kirish
Zoirova Farangiz Yusuf qizi 2008-yil 22-mayda Qarshi shahrida tug‘ilgan. Hozirda Qarshi shahrida yashaydi va o‘zining ta'lim olgan va hozirda faoliyat yuritayotgan sohasida izlanishlarda va o'z bilimini oshirishda davom etmoqda.

Yosh lider
Umumiy reytingda
Umumiy reyting
Sahifa ko'rishlari
Zoirova Farangiz Yusuf qizi 2008-yil 22-mayda Qarshi shahrida tug‘ilgan. Hozirda Qarshi shahrida yashaydi va o‘zining ta'lim olgan va hozirda faoliyat yuritayotgan sohasida izlanishlarda va o'z bilimini oshirishda davom etmoqda.
Farangiz Qarshi shahrida tug‘ilgan. Ota-onasi uning ta'limiga katta ahamiyat bergan, ularning xohishlariga ko‘ra, Farangiz bolalarcha ishtiyoq bilan ta'lim olishni boshladi. Ota-onasining doimiy kitob mutolaa qilishlari uning kitoblarga bo‘lgan qiziqishini o‘stirdi. Farangiz maktabga kelishidan oldin, onasi unga o'qish, yozishni o‘rgatdi va bu ko‘nikmalar keyinchalik uning bilim muntazamligini oshirdi. Shu sababli Farangiz maktab davomida har doim o‘zining bilimga bo‘lgan ishtiyoqini saqlab qoldi.
O‘rta maktabni 45-umumiy ta’lim maktabida o‘qidi. Maktabni tamomlagach, u oliy darajali shahodatnoma va Oltin medal bilan bitirdi. Maktab davrida u ko‘plab tanlovlarda faol ishtirok etdi va ingliz tili repetitorligi faoliyatini 9-sinfdan boshladi. Farangiz o‘z uyida mahalla bolalariga dars berishni boshlagach, bu sohada ko‘nikmalarini yanada oshirdi. U o‘z maktabida o‘zini boshqalar orasida faol ko‘rsatdi va shu orqali tashkilot va loyihalarda ishtirok etishga imkoniyat yaratdi.
Farangiz o'zini yanada rivojlantirish maqsadida Qarshi davlat universitetiga hujjat topshirdi va Xorijiy tillar fakultetining Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilindi. U talabalik yillarida muntazam ravishda ingliz tilida o'qib, yozib, nutq ustida ishlashni davom ettiradi. Bu uning kelajakda labirintga tushmasdan, maqsadlariga erishishiga olib keladi.
Farangiz ingliz tili repetitori sifatida dastlab maktabda o'qib yurgan paytida faoliyatini boshladi. O'zining tajribasini oshirish maqsadida 9-sinfda mahalla bolalariga dars berishni boshlagan. O'rta maktabni tamomlagandan so'ng, IELTS va CEFR sertifikatlarining mavjudligi sababli o‘quv markazida ishlashni davom ettiradi. Bu ish Farangizga o‘quvchilari bilan yanada sifatli ta’lim berish imkonini berdi.
Farangiz kelajakda o‘z sohasida yetakchi bo‘lishni, o‘z bilimini yanada oshirishni maqsad qilgan. O'zining filologiyaga qiziqishlarini istiqbolga yo‘naltirgan holda, u dunyo bo‘ylab turli mamlakatlarga safar qilishni va yangi madaniyatni osonlik bilan o‘rganishni va o‘z bilimlari bilan boshqalarni ilhomlantirishni xohlaydi. Farangiz o'zini doimo yangilab borishga e’tibor beradi va har bir yangi kunni o‘z-o‘zini rivojlantirish uchun imkoniyat deb hisoblaydi.
Farangiz hayoti davomida o‘qishga va o'zini asossiz maqtovlardan saqlanishga intiladi. U boshqalardan yordam kutmasdan har doim o‘z kuchi va bilimiga ishonadi. Uning fikriga ko‘ra, lider bo‘lish uchun o‘ziga bo‘lgan ishonch, harakatchanlik va bilimga bo‘lgan intilish muhimdir. Hayotingizda o'z bilimingizga va kuchingizga ishoning, boshqalarga emas, chunki har doim kimdandir najot kutib yashash mumkin emas.
Zoirova Farangiz mumtoz kitoblarga bo‘lgan qiziqishi va ona-o‘qishi orqali bilimga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytiradi. U hayotida har doim o'z maqsadlariga yetishish uchun tinimsiz ishlashga tayyor, bu esa uning kelajakda muvaffaqiyatlarga erishishida muhim omil bo'ladi. Farangiz yetakchi filolog bo'lib ulg‘ayishi mumkin, shunda boshqalar uning tajribasidan va qarashlaridan o‘rganishlari mumkin.
Nomzod oylik yangilanish orqali ma'lumot yuborganidan va tahririyat tasdiqlaganidan so'ng bu yerda ko'rinadi.